- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
3 Jun 2026
59
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 12-maydagi topshirig‘iga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga puxta tayyorgarlik ko‘rish, tadbirkorlarning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli ravishda o‘rganish maqsadida joriy yilning 30-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi binosida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakillari, shuningdek, qurilish materiallari sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan 42 ga yaqin korxonaning 45 nafardan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda sohadagi dolzarb muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Korxona vakillari tomonidan logistika, korxona hududini kengaytirish, xorijiy bozorlardan yangi xaridorlar topish bilan bog‘liq muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.
Mazkur uchrashuv soha vakillari o‘rtasida samarali hamkorlikni mustahkamlash va sanoatni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.