- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
28 Feb 2025
403
Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zsanoatqurilishbank ATB va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ko‘magida “QORAQALPOQ BASALTWOOL” MCHJ tomonidan bazalt toshidan issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilyapti. Korxona yiliga 50 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Loyiha qiymati 63,2 mln dollarni tashkil etadi. Korxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan bo‘lib, 5 gektar maydonda joylashgan.


Bu yerga Germaniya, Litva, Latviya, Italiya, Polsha va Chexiya davlatlaridan so‘nggi rusumdagi texnologiyalar o‘rnatilgan. Muhimi, loyiha amalga oshirilgach 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shu bilan birga 300 mlrd so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratiladi. E’tiborlisi, 23 mln dollarlik jami 28 ming tonna mahsulot qo‘shni va Yevropa davlatlariga eksport qilinadi. Bazalt toshidan issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqarish uchun 90 foiz mahalliy xomashyodan foydalaniladi.

Hozirda korxonada so‘nggi so‘nggi montaj va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonga xorijiy mutaxassislar jalb etilgan. Barcha kommunikatsiya tarmoqlariga ulangan.
Rejaga ko‘ra, “QORAQALPOQ BASALTWOOL” MCHJ joriy yilning I-choragida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.