- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallari bozori hajmi 2034-yilga borib 3,90 trillion AQSH dollariga yetadi
1 Dec 2025
288
Towards Chemical and Materials tadqiqot markazi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda jahon qurilish materiallari bozori hajmi 2,32 trillion dollar etib hisoblangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2034-yilga borib 3,90 trillion dollarga yetishi kutilmoqda. 2025–2034-yillarda o‘sishning qiyosiy yillik sur’ati (CAGR) 5,95% ni tashkil etadi.
Global miqyosda urbanizatsiya va infratuzilma rivojlanishi qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirmoqda, bu esa bozorning barqaror o‘sishiga turtki bo‘lmoqda.
Qurilish materiallari bozorida turar-joy, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma loyihalarida qo‘llaniladigan keng turdagi mahsulotlar qamrab olinadi. Bozordagi rivojlanishga qurilish standartlarining yangilanishi, shaharlashish va barqarorlikka oid maqsadlar kuchayishi ta’sir ko‘rsatmoqda. Hukumatlar tomonidan ekologik mas’uliyatni oshiruvchi siyosatlar, energiya tejamkor materiallar ishlatishga doir talabi o‘smoqda.

Beton, sement, po‘lat va inert materiallar kabi an’anaviy mahsulotlar hanuz asosiy o‘rinda, biroq qayta ishlangan kompozitlar, muhandislik darajasida ishlangan yog‘och materiallarga qiziqish oshib bormoqda. Shuningdek, modulli qurilish, raqamli dizayn va "aqlli" materiallar texnologiyasi loyihalash va qurilish jarayonlarini o‘zgartirayotgani samaradorlikni oshirmoqda.
Osiyo–Tinch okeani bozori
2024 yilgi hajm: 1,20 trillion dollar
2034-yilgacha: 2,15 trillion dollar
2024-yilda global bozorning 55% ulushi shu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keldi.
Beton segmenti 2024-yilda qurilish materiallari bozorining 60% ulushiga ega bo‘lib, yetakchilik qildi. Shuningdek, turar-joy qurilishi 2024-yilda qurilish industriyasida 45% ulush bilan yetakchi bo‘ldi.

Qurilish materiallari bozorida yetakchi mahsulotlar;
Sement — beton va bog‘lovchi materiallari,
Tayyor beton (RMC) — inshootlar va infratuzilmalar uchun,
Inert materiallar — qum, shag‘al, tosh,
Issiqlik izolyatsiyasi — bazalt va shisha momig‘i, penoplast va h.k,
Po‘lat armaturalari — konstruksiya mustahkamligi uchun,
Oyna va fasad materiallari,
Gipsokarton,
Qurilish kimyosi — adgeziyalar, gidroizolyatsiya, qo‘shimchalar,
Tom materiallari — shifer, membrana, cherepitsa,
2025-yilda sun’iy intellekt (AI) qurilish materiallari bozorining o‘sishini kuchaytiruvchi asosiy omilga aylanmoqda.
AI orqali yangi materiallar tarkibi tez va aniq ishlab chiqiladi.
BIM bilan integratsiyalangan AI loyiha rejalashtirish va menejmentni optimallashtiradi.
Talabni prognoz qilish, logistika va zaxiralarni boshqarish ham samarali bo‘ladi.
AI materiallarning xizmat muddati va ekologik ta’sirini hisoblaydi.
Nega beton hali ham yetakchi segment?
Mustahkamlik, uzoq xizmat muddati, arzonlik. Har qanday turdagi inshootda qo‘llaniladi. Qurilish tarmog‘ining kengayishi beton talabini oshirmoqda.