Qurilish materiallari eksport geografiyasi 53 davlatdan 58 taga ko‘payadi

News image

So‘nggi yillarda respublikada qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishda hukumat tomoninidan alohida e’tibor qaratilganligi natijasida, bugungi kunda ushbu tarmoq mamlakat iqtisodiyotning “drayver” sohasiga aylanmoqda. Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. Ishlab chiqarish va eksport ko‘lami oshib bormoqda.

Xususan, 2024-yilda 800 mln dollarlik qurilish materiallari eksportini amalga oshirish va o‘tgan yilga nisbatan 124 foizga o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan.

IMG_6964.jpg

Bunda, jami eksportda metall buyumlarning ulushi 23,8 foizni, keramika mahsulotlari - 9,4 foizni, PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari - 12,1 foizni, quruq qurilish aralashmalari - 6,9 foizni tashkil etadi.

Eksport mahsulotlari turi 65 dan 70 ga oshadi va eksport geografiyasi 53 davlatdan 58 taga ko‘payadi.

Eksport geografiyasi Serbiya, Albaniya, Bolgariya, Tunis, Marokko kabi davlatlar hisobiga kengaytiriladi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida jami 2,0 trln so‘mlik import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarilib, o‘sish 104,5 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

IMG_9252.jpg

Jumladan, issiqlik saqlovchi materiallar, keramik sanitar-texnik buyumlari, keramogranit kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Shuning bilan birga, sohada import hajmlarini optimallashtirish maqsadida "Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi" doirasida mahsulotlar sotib olish bo‘yicha 25 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzilgan.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech