Qurilish materiallari eksporti oshmoqda

News image

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallariga bo‘lgan talab nafaqat mahalliy balki, jaxon bozorlarida ham o‘sib bormoqda. Ayniqsa, gipsokarton, issiqlik saqlovchi shisha momig‘i, ohak, keramik plitkalar, gips kabi mahsulotlar eksporti yildan-yilga ortmoqda.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2021 yilning yanvar-mart oylarida qurilish materiallari sohasi uchun eksport prognozi 42,6 mln. dollar miqdorida rejalashtirilgan. Yangi hamkorlar bilan aloqalarni musthakamlash, yangi bozorlarni o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich eksporter korxonalar tomonidan 62,3 mln. dollar yoki 147 %ga yetkazildi.

Ushbu davrda sanoat korxonalari tomonidan 2,3 mln. metr kv (6,7 mln.doll) keramik plitka, 5,5 ming tonna (0,63 mln.doll) quruq qurilish qorishmalari, 72,7 ming tonna (4,3 mln.doll) sement mahsulotlari, 105,9 ming metr kv oyna, 486 tonna oboy, 885 tonna issiqik saqlovchi materiallar, 3,7 ming tonna tosh mahsulotlari va boshqa turdagi kurilish mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Eksport qilingan an’anaviy bozorlar Qozog‘iston (keramik plitkalar, ohak, gipsokarton, issiqlik saqlovchi shisha momig‘i(steklovolokno) va boshqa mahsulotlar), Qirg‘iziston (keramik plitkalar, bezakli oyna, ohak va boshqa mahsulotlar), Turkmaniston (gipsokarton, gips, lenoleum, lok-bo‘yoq, qog‘oz mahsulotlari), Afg‘oniston (sement, gipsokarton) kabi mamlakatlar hisoblanadi.

E’tiborlisi, eksport geografiyasi 2021 yilda Ozarbayjon (keramik plitkalar, gulqog‘oz, issiqlik saqlovchi oyna momig‘i(steklovolokno), qog‘oz mahsulotlari), Turkiya (mis va PVX truba va fitinglar), Rossiya Federatsiyasi (issiqlik saqlovchi materiallar) kabi mamlakatlar hisobiga yanada kengaydi.

2021 yilda respublika qurilish materiallari sohasiga 270 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport prognoz ko‘rsatkichi rejalashtirilgan.

2021 yil uchun belgilangan eksport prognoz ko‘rsatkichlarining asosiy ulushi - alyumin profillar, keramik plitka, sement, linoleum, ohak, gipsokarton, oyna mahsulotlari, gul qog‘oz va boshqalar.

Yildan-yilga mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallariga jahon bozorida talabning ortishi, mahsulotlarning sifatli va jahon standartlariga to‘la javob berishidan dalolat beradi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech