Qurilish materiallari sanoati vakillari bilan dolzarb masalalar muhokama qilindi

News image

Joriy yilning 20-iyul kuni «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tashabbusi bilan Zoom platformasi orqali qurilish materiallari sanoatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirokida onlayn ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mazkur muloqotda keramik plitka va qurilish oynasi ishlab chiqarish hamda eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi 17 ga yaqin korxona rahbarlari ishtirok etdi.

photo_2026-07-21_14-21-19 (2).jpg

photo_2026-07-21_14-21-19 (3).jpg

Ochiq muloqot davomida qurilish materiallari eksportini yanada rivojlantirish, tashqi bozorlarda milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish, logistika jarayonlarini takomillashtirish hamda sohada mavjud dolzarb muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech