- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallari sanoatida tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ishtirokida o‘tkazilgan muloqot o‘tkazildi
Qurilish materiallari sanoatida tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ishtirokida o‘tkazilgan muloqot o‘tkazildi
30 июл 2026
252
Joriy yilning 29-iyul kuni «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tashabbusi bilan Qurilish materiallari sanoatida tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar vakillari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn ochiq muloqot o‘tkazildi.


Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan sohada mavjud muammolar, xususan, litsenziyalash, transport-logistika, eksport, temir yo‘l tashuvlari, soliq ma’murchiligi hamda yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator takliflar bildirildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-noyabrdagi 748-sonli qarori, Hukumat komissiyasining 2025-yil 18-dekabrdagi 313-sonli bayoni ilovasida "Mahalliy sanoat korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomiga asosan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari, ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi “Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-365-son qaroriga asosan “Qurilish materiallari sanoati korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda energiya auditdan o‘tkazish xarajatlarini qoplash tartibi to‘g‘risi”dagi Nizomning mazmun-mohiyati, moliyaviy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Muloqot yakunlari bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar umumlashtirilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.