Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot

News image

Оʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2026-yil 12-maydagi topshirig‘iga muvofiq “Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ularning murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli o‘rganish topshirig‘iga binoan.

Joriy yilning 19-may kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida “Angren” EIZ direksiyasi ma`muriy binosida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

photo_2026-05-19_11-30-30.jpg

Mazkur tadbirda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Angren shahar hokimligi vakillari shuningdek, qurilish materiallari sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan 38 ga yaqin korxonaning 45 dan ortiq vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda sohadagi dolzarb muammolar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

photo_2026-05-19_11-40-39.jpg

Korxona vakillari o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan logistika, korxona hududini kengaytirish, xorijdan yangi xaridorlar topish kabi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Ushbu uchrashuv soha vakillari o‘rtasida samarali hamkorlikni mustahkamlash va sanoatni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech