Qurilish materiallari sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga muvofiq, tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan navbatdagi VI Ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish hamda soha vakillarining taklif va muammolarini o‘rganish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi va “Qurilishbank” ATB bilan hamkorlikda viloyatlarda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida videokonferensiya shaklida ochiq muloqot tashkil etildi.

photo_2026-06-23_16-21-16-(2).jpg

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish va eksport faoliyatida uchrayotgan muammolar, sohani yanada rivojlantirish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taklif va tashabbuslar bildirildi.

photo_2026-06-23_16-21-16.jpg

Uchrashuv yakunida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar va ilgari surilgan takliflar tizimlashtirilib, tegishli tartibda respublika shtabiga kiritish uchun tayyorlandi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech