- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallari sohasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi
26 May 2026
32
2026-yil may oyida "CNBM Sian devorbop" qurilish materiallari ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti (Xitoy Xalq Respublikasi), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda "Shah-Polan M Group Co., Ltd." o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat qurilish materiallari sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, past uglerodli yechimlar, sun’iy intellekt asosidagi raqamlashtirish, shuningdek, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Memorandum doirasida tomonlar qo‘shma ilmiy-texnik markaz (laboratoriya) tashkil etish, pilot loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash, energiya samarador va ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, O‘zbekiston qurilish sanoatida investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Ushbu memorandumning imzolanishi O‘zbekiston–Xitoy sanoat hamkorligini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashinuvini kengaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi qurilish materiallari sanoati rivojida innovatsion yondashuvlarni ilgari surishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.