Qurilish materiallari sohasidagi ayollar doim e’zozda

News image

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Qutlug‘ sanada xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish an’anasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib, yuqori maqom darajasiga ko‘tarilmoqda.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida ham 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlandi va bayram tadbiri tashkil qilindi. Unda uyushma rahbariyati, mutaxassislar va soha xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab, uyushma boshqaruv raisi o‘rinbosari Ilyos Raximov so‘zga chiqib bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

IMG_2049.jpg

IMG_2048.jpg

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barakot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Ulug‘ donishmandlar Vatanga eng munosib  ta’rif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma’no bor.

Barchaga ma’lumki, qurilish og‘ir va mashaqqatli soha. Shu boisi ayollarning erkaklar bilan bir sohada yelkama-yelka mehnat qilayotgani bir jasorat. Hozirgi kunda temir-betondan ishlab chiqarishdan tortib tabiiy pardozbop toshlar tayyorlashgacha bo‘lgan jarayonlarda opa-singillarimiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

IMG_2051.jpg

IMG_2053.jpg

Uyushma faoliyatida ham aziz opa-singillarimiz alohida o‘ringa ega. Ular o‘z aql-zakovati, tuganmas mehri va fidoyiligi bilan doimo barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar. Ayol mutaxassislarimiz qurilish materiallari sohasida go‘zal ibrat va namuna ko‘rsatib kelishmoqda.

IMG_2056.jpg

IMG_2057.jpg

IMG_2058.jpg

Go‘zallik va nafosat bayrami bilan xotin-qizlarlarni samimiy qutlaymiz. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va farzandlaringizning kamolini tilab qolamiz. Rizqu nasibangiz hamisha ziyoda bo‘lsin! Bahor kayfiyati siz, azizlarga, doimo hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech