Qurilish materiallarining sifatini belgilovchi 5458 ta xalqaro standartlar qabul qilindi

News image

So‘nggi yillarda qurilish materiallari sanoati sohasida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida yangi turdagi innovatsion, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallaridan gulqog‘oz, suyuq gulqog‘oz, zoloblok, gazoblok, penoblok, polistrolblok, kompozit (asbestsiz) shifer, o‘tga chidamli g‘isht, yumshoq tom yopqich materiallari, issiqlik izolyatsiyalash materiallari va mahsulotlari (bazaltli, mineralli, toshdan olingan), bazaltdan armatura, bazaltdan tola, bazaltdan setka, frita (kafellarga rang berishda ishlatiladigan xom ashyo), dekorativ bo‘yoqlar, geotekstil, geomembrana, bentonit mat (to‘shama), geosetka, georeshetka, geokompozitlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlashtirildi va ishlab chiqarilmoqda.

Xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan innovatsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etilishi yangi turdagi qurilish materiallari va kompozitsiyalarini ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

f3ffdac549044c9a9aa963825d557dcc.jpg

O‘zbekiston Respublikasida qurilish materiallarining sifatini belgilovchi standartlar xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilmoqda hamda 5458 ta xalqaro standartlar qabul qilindi (xalqaro va Yevropa (ISO, YEN) – 3987 ta, MDX mamlakatlari – 949 ta va milliy standartlar – 522 ta).

Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi PQ-4335-son qarori 6-ilovasiga muvofiq sifatli va xavfsiz yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarishga joriy qilish maqsadida qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha
2019 yilda 340 ta va 2020 yilda 626 ta (qaror bilan 542 ta xalqaro standartlarni qabul qilish vazifasi belgilangan) xalqaro standartlar qabul qilindi, shu bilan birga 2021 yil oxirga qadar 505 ta xalqaro standartlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Eksportni rivojlantirish agentligi tomonidan 2020 yilda 4 ta mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalariga xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001, ISO 50001 menejment tizimlarini joriy etish bo‘yicha 585,7 mln so‘m miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatildi.

Qurilish materiallari sohasida faoliyat yuritayotgan 1 421 ta korxonalarga 1 450 ta xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan menejment tizimlari joriy qilingan, jumladan, ISO 9001 – 1 408 ta, ISO 14001 – 13 ta, OHSAS 18001 – 22 ta, ISO 50001 – 7 ta, shu bilan birga eksportyor korxona va tashkilotlarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan ISO 9001,
ISO 14001, ISO 50001 menejment tizimlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

739e2ceb362df2d23100025fcfb.jpg

Shu o‘rinda, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi mutaxassislari tomonidan professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish ishlari olib borildi.

Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida “Qizilqumsement” AJ, “Bekobodsement” AJ, “Oxangaronsement” AJ bilan hamkorlikda Qurilish materiallari sanoati tarmoq kvalifikatsion ramkasi ishlab chiqildi. Tizimda mavjud jami ishchi kasblarning 110 ta professional standartlari ishlab chiqildi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shuningdek, professional ta’lim dasturlari YUNЕSKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg‘unlashtirildi, o‘quv jarayoniga O‘zbekistonning Milliy kvalifikatsiya tizimi to‘laqonli joriy etishga tayyorlandi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech