- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallarining yong‘in xavfsizligini baholashda Yevropa standartini qo‘llash masalasi muhokama qilindi
Qurilish materiallarining yong‘in xavfsizligini baholashda Yevropa standartini qo‘llash masalasi muhokama qilindi
29 сен 2026
20
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida SHNQ 2.01.02-04 «Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi» shaharsozlik normalari va qoidalariga o‘zgartirish kiritish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Uyushma tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2-sonli o‘zgartirish loyihasi, xususan, qurilish materiallarining yong‘inga reaksiya xususiyatlarini kompleks baholashda O‘zMSt EN 13501-1:2024 talablarini GOST 30244-94 bilan muqobil ravishda qo‘llash imkoniyatini yaratish masalasi muhokama qilindi.


Muhokamada Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, loyiha tashkilotlari, soha korxonalari va mutaxassislar ishtirok etib, loyiha yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdi.
Mazkur tashabbus yong‘in xavfsizligi talablarini pasaytirmagan holda, Yevropa standarti bo‘yicha sinovdan o‘tgan xavfsiz qurilish materiallarini respublikada qo‘llash imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Bildirilgan takliflar asosida loyihani takomillashtirish ishlari davom ettiriladi.