Qurilish sohasidagi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

News image

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot shaklida o‘tib, ishtirokchilarga o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniyati yaratildi.

Muloqot chog‘ida joriy yilning 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilingani qayd etildi. Shuningdek, sohadagi islohotlarni jadallashtirish, xalqaro standartlarga asoslangan zamonaviy tizimni shakllantirish, ishlab chiqaruvchilar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish hamda tadbirkorlar bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

photo_2026-06-12_10-22-52.jpg

photo_2026-06-12_11-00-30 (2).jpg

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–25-son Farmoniga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasini xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirishning yangi bosqichi boshlangan. Mazkur hujjat doirasida standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va bozor nazorati tizimlarini xalqaro talablarga moslashtirish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan standartlashtirish ishlari haqida ham ma’lumot berildi. Xususan, STQ 21 texnik qo‘mitasi faoliyati yuqori baholanib, mamlakatdagi 37 ta texnik qo‘mita orasida ikkinchi o‘rinni egallagani qayd etildi. Bugungi kunda sohaga oid 3291 ta standartning 1323 tasi xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, bu 40,2 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 2026–2028-yillar davomida qabul qilinishi rejalashtirilgan xalqaro standartlarning muhim qismi qurilish materiallari sohasiga taalluqli ekani ta’kidlandi.

photo_2026-06-12_11-00-30 (3).jpg

photo_2026-06-12_11-00-31 (2).jpg

Tadbir davomida muvofiqlikni baholash va bozor nazoratini takomillashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, 2027-yildan boshlab mahsulotlarning xavf darajasiga

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech