Qurilish sohasidagi tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

News image

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida vazirlik mutasaddilari, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Savdo-sanoat palatasi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va O'zbekiston Quruvchilar assotsiatsiyasi hamkorligida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilar ishtirokida seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qurilish materiallari, uskuna va jihozlarni realizatsiya qilish jarayonida hisob varaq-fakturalarni rasmiylashtirishda mahsulot va xizmatlarning identifikatsion kodlari (MXIK)dan foydalanishning amaldagi tartibi hamda kutilayotgan o‘zgarishlar muhokama qilindi. Xususan, Soliq qo‘mitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi tomonidan yuritilayotgan mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron Milliy katalogida mavjud bo‘lgan qurilish materiallariga oid 1 080 ta umumiy nomdagi kodlarga cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.

photo_2026-01-15_12-13-11.jpg

photo_2026-01-16_09-48-02 (2).jpg

Shu munosabat bilan tadbirkorlik subyektlari uchun batafsil (detallashgan) MXIK kodlarga o‘tish mexanizmlari, ularni amaliyotda qo‘llash tartibi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi. Seminar savol-javoblarga boy, ishchan va konstruktiv ruhda o‘tdi.

photo_2026-01-16_09-48-02 (3).jpg

photo_2026-01-16_09-48-02 (5).jpg

photo_2026-01-16_09-48-02.jpg

Tadbir yakunida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda o‘zaro hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida mas’ul tashkilotlar vakillari o‘rtasida tegishli ishchi aloqalar o‘rnatildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech