Rahbar va yoshlar uchrashuvi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati tomonidan yosh kadrlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

“Raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda uyushma rahbariyati tomonidan yosh kadrlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kibertahdidlarga aldanib qolmaslik, ish samaradorligiga erishishda sun’iy intellekt, raqamli bilimlarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalindi.

photo_2026-06-05_20-42-13.jpg

Mazkur uchrashuvlar yoshlarning nafaqat shaxsiy hayoti, balki ish faoliyatida ham kibertahdidlarga aldanib qolmaslik, ularga qarshi immunitet va raqamli bilim ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion fikrlashini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishga xizmat qilmoqda.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech