Samarqand viloyatida umumiy qiymati 1,2 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyat hokimligi hamkorligida hududda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish maqsadida 2022 yilda umumiy qiymati 1,2 trln so‘m bo‘lgan 111 ta loyiha ishga tushiriladi. E’tiborlisi, yangi korxonalarning faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida 1825 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Yana bir e’tiborga molik jihat, loyihalarni amalga oshirish uchun 6,5 mln dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltiriladi.

Eng yirik investitsiya loyihalaridan biri Pastdarg‘om tumanida ishga tushirildi. "Samarqand Afrosiyob Sement" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yiliga 560 ming tonna sement ishlab chikarish quvvatlari barpo etiladi hamda 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

IMG_2505.jpg

Tumanda shuningdek, "SAMPLASTSERVIS"MCHJ mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 16,5 mlrd so‘mlik investitsiya hisobiga yiliga 1200 tonna PVX profillari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etiladi.

Shuningdek,Samarqand tumanida "JOMBOY SEMENT" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 94,8 mlrd so‘m investitsiya hisobiga yiliga 1 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi. Yirik loyihalaridan yana biri Kattaqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladi. "NIKEL KOMFORT TECHNOLOGIES" MCHJ tomonidan santexnika jixozlari uchun butlovchi qismlar imshlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha qiymati 14,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

IMG_2554.jpg

Samarqand shahrida esa "IQBOL UMIDJON" MCHJ 30,1 mlrd so‘m investitsiya hisobiga beton maxsulotlari ishlab chikarish va maxsus transportlarda texnika xizmati ko‘rsatishni tashkil etish rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda sement ishlab chiqarish bo‘yicha 4 ta, gazobeton ishlab chiqarish bo‘yicha 3 ta, temir-beton va plita ishlab chiqarish bo‘yicha 19 ta, shifer ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta va boshqa loyihalar amalga oshiriladi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech