- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning moliyaviy yordam yo‘nalishlari
2 Mar 2026
152
Hurmatli tadbirkorlar!
“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJning moliyaviy yordam yo‘nalishlari Tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha moliyalashtirish va xarajatlarni qoplab berish imkoniyatlari taqdim etiladi:
- Ko‘rgazma-yarmarkalarda ishtirok etish;
- Xalqaro standartlashtirish va sertifikatlash;
- Sug‘urta mukofoti xarajatlarini qoplash;
- Eksportoldi moliyalashtirish resurslari;
- Mutaxassislarni o‘qitish xarajatlari;
- Milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari asosida yuritishni joriy etish xarajatlari;
- Xorijdagi savdo uylarini ochish/saqlash;
- Seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va forumlarda ishtirok etish;
- Raqamli reklama (ijtimoiy tarmoqlar, savdo maydonchalari/marketpleyslar, mobil ilovalar)ni joylashtirish;
- Namuna jo‘natish (xaridorlar, savdo uylariga, elchixonalarga);
- Xorijiy mutaxassislarni jalb etish xarajatlari;
- Xalqaro brendlar bilan hamkorlik xarajatlari;
- Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish;
- Qishloq xo‘jaligi uchun aylanma mablag‘ resurslari;
- Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun kalibrlash va qadoqlash uskunalari;
- Elektrotexnika sanoati korxonalarga ajratilgan faktoring diskontining bir qismini qoplash;
- Sanoat korxonalariga reklama xarajatlarini qoplab berish.
Arizani quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin
Qo'shimcha ma'lumotlar va savollar uchun:
+998 (71) 207 04 06 (115)