Sement narxlari 2021 yil boshidan buyon o‘rtacha 6,4 % ga arzonlashgan

News image

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning dekabr oyida sement narxlari 2021 yilning noyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,7 % ga arzonlashgan. Sement narxlari 2021 yil davomida o‘rtacha 6,4 % ga arzonlashgani kuzatilgan.

Yana bir ma’lumot, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan O‘zbekistonga qiymati 121,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,5 mln. tonna sement import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 286,4 ming tonnaga ko‘p.

2021 yilning 11 oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozog‘iston – 1,1 mln. tonna
  • Tojikiston – 722,2 ming tonna
  • Qirg‘iz R. – 642,5 ming tonna
  • Eron – 53,1 ming tonna
  • Turkmaniston – 35,6 ming tonna
Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech