- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Sinov laboratoriyalarini rivojlantirish uchun grantlar: Germaniya tomonidan 50% gacha moliyalashtirish!
Sinov laboratoriyalarini rivojlantirish uchun grantlar: Germaniya tomonidan 50% gacha moliyalashtirish!
18 авг 2026
11
O'zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi bilan hamkorlikda qurilish materiallari sohasidagi korxonalar uchun yangi qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini taklif etmoqda.
Dastur zamonaviy sinov infratuzilmasini rivojlantirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, ekologik va ijtimoiy standartlarni yaxshilashga qaratilgan. Germaniya tomoni loyiha umumiy qiymatining 50 foizigacha boʻlgan qismini grant mablag'lari hisobidan moliyalashtirishga tayyor.
Moliyalashtirish shartlari:
- Loyihalarning umumiy qiymati 100 ming yevrodan 2 million yevrogacha boʻlishi mumkin.
- Korxona loyiha qiymatining qolgan 50 foizini o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirishi lozim.
Ishtirokchilarga qo'yiladigan asosiy talablar:
- Dasturda faqat xususiy kompaniyalar ishtirok etishi mumkin.
- Kompaniyaning yillik aylanmasi kamida 800 ming yevroni tashkil etishi kerak.
- Kamida ikkita auditorlikdan o'tkazilgan moliyaviy hisobot mavjud bo'lishi lozim.
Kompaniya o'z ulushini moliyalashtirishni ta'minlaydigan yetarli moliyaviy barqarorlikka ega boʻlishi talab etiladi.
Qanday ishtirok etish mumkin? Uyushma xalqaro dastur talablariga javob beradigan va manfaatdor korxonalar ro'yxatini shakllantirmoqda. Ro'yxatga kiritish uchun quyidagi ma'lumotlarni tayyorlashingizni so'raymiz:
- Korxona nomi va asosiy faoliyat yo'nalishi.
- Sinov laboratoriyasi infratuzilmasiga boʻlgan ehtiyoj haqida qisqacha ma'lumot.
Qo'shimcha ma'lumot va murojaat uchun:
"O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi
Mas’ul shaxs: Yusupov Elmurod Turdaliyevich (Ishlab chiqarish boshqarmasi)
Telefon: +998 55 518 80 00 (ichki 2356)
Elektron pochta: e.yusupov@uzsm.uz