Sohaning eng faol vakillari munosib taqdirlandi!

News image

14-oktabr — Butunjahon standartlar kuni munosabati bilan “Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi” doirasida sohaning ilg‘or va faol vakillarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli tadbirda standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimini rivojlantirish, mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish hamda sohada innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etishga munosib hissa qo‘shayotgan mutaxassislarning faoliyati alohida e’tirof etildi.

photo_2026-10-14_10-56-02.jpg

Tantanali marosim doirasida:
“Eng yaxshi standartlashtiruvchi” milliy mukofoti g‘oliblari;
“Sifat sohasida” milliy tanlovi laureatlari munosib taqdirlandilar.

photo_2026-10-14_12-56-52.jpg

Quvonarlisi, mukofotlanganlar safidan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi vakili ham o‘rin oldi!

Uyushmaning Ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Yusupov Elmurod Turdaliyevich iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega standartlarni ishlab chiqishga qo‘shgan amaliy hissasi, qurilish materiallari sanoatida standartlashtirish tizimini takomillashtirish hamda zamonaviy xalqaro talablarni joriy etish yo‘lidagi faoliyati uchun munosib e’tirof etildi.

Ushbu e’tirof nafaqat mutaxassisning kasbiy faoliyatiga berilgan yuksak baho, balki “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan qurilish materiallari sanoatida mahsulotlar sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta’minlash, milliy standartlarni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning ham amaliy natijasidir.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi jamoasi Elmurod Yusupovni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilaydi!

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech