- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Surxon vohasida qurilish materiallari sanoat korxonasi yana bittaga ko‘paydi
18 Dec 2025
281
Surxon vohasida “Surxon Sendvich” MCHJ tashabbusi bilan bazalt toshidan issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha qiymati 25,0 million AQSH dollarini tashkil etadi. Korxona yiliga 30 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Hozirda korxonada 120ta ish o‘rni yaratilgan. Ishlab chiqarish jarayoni so‘nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan.
Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Basaltium” brendi ostidagi issiqlik saqlovchi bazalt plitalari ishlab chiqaruvchi korxona qo‘shni davlatlar - xususan, Tojikiston va Afg‘oniston bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda. Korxona yillik eksport hajmini 10 000 tonna bazalt mahsulotini yetkazishni maqsad qilgan.



Shu bilan birga, “BASALTIUM” korxonasi ichki va tashqi bozorlarga xalqaro standartlarga mos, sifatli hamda barqaror yetkazib beriladigan mahsulotlarni taqdim etishni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan.
O'zbekiston bo'ylab 12ta viloyatga yetkazib berish mavjud