- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
4 Jun 2026
70
Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga muvofiq, tadbirkorlar bilan navbatdagi VI ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish hamda soha vakillarining murojaat va takliflarini o‘rganish maqsadida Termiz shahrida tashkil etildi.

Unda O‘zsanoatqurilishbank va O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasi rahbariyati, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Savdo-sanoat palatasi mas’ullari, shuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin korxona vakillari qatnashdi.
Muhokamalar davomida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan dolzarb masalalarni o‘rtaga tashladilar. Xususan, kredit mablag‘lariga kompensatsiyalar ajratish, soliq to‘lovlarida imtiyozlar va geologiya bilan bog‘liq tizimli muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

Bu kabi uchrashuvlar davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga hamda mahalliy sanoat salohiyatini oshirishga yordam beradi.