«SURXONSEMENTINVEST» – mijozlar ishonchini oqlagan korxona

News image

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan «SURXONSEMENTINVEST» XK bugungi kunda sement ishlab chiqarishda o‘zining barqaror faoliyati va yuqori sifatli mahsulotlari bilan keng tanilgan. Korxona ishlab chiqarish quvvatini to‘liq tiklab, hozirda kundalik 1 ming 200 tonna sementni bozorga yetkazib bermoqda.

«SURXONSEMENTINVEST» XK mijozlarga M-450 va M-500 markadagi yuqori sifatli sement turlarini taklif etmoqda. Bu mahsulot nafaqat yurtimizda, balki qo‘shni davlatlarda, jumladan Afg‘oniston bozorida ham katta talabga ega.

photo_2025-09-11_17-37-36.jpg

Korxonada ishlab chiqarilgan sement nafaqat turli inshootlar qurilishida, balki neft-gaz, suv xo‘jaligi va boshqa muhim sohalarda ham keng qo‘llanilmoqda. Mijoz manfaatlarini ustuvor qiladigan «Korxona mahsulotlari – mijoz uchun» tamoyili asosida har bir bosqich qat’iy nazoratda olib boriladi.

Sement mahsulotlari mijozlarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi uchun korxonada avto va temir yo‘l transporti yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq muqobil energiya manbai – ko‘mir hisobiga amalga oshiriladi. Foydalaniladigan ko‘mirning 6 foizi mahalliy, 94 foizi esa qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ekologiyaga ta’sirini kamaytirish maqsadida esa korxonada zamonaviy filtrlar o‘rnatilgan.

«SURXONSEMENTINVEST» XK 2019-yilda davlatimiz rahbarining tashrifi doirasida foydalanishga topshirilgan. Investitsiya loyihasining umumiy qiymati 60 million dollar bo‘lib, yillik ishlab chiqarish quvvati 360 ming tonnani tashkil etadi. Korxonaga Rossiya, Avstriya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan.

Bugungi kunda korxonada 400 dan ortiq mahalliy yoshlar faoliyat yuritmoqda. Bu esa nafaqat Surxondaryo viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish, balki aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega.

photo_2025-09-11_17-37-48.jpg

«SURXONSEMENTINVEST» – Sifat, ishonch va barqarorlikka asoslangan kelajak!

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech