- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda
15 May 2026
12
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq, 2026-yil 15-maydan 15-avgustga qadar har kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan tegishli tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt va joylar aniq belgilanib, reja-jadval tasdiqlandi hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali e’lon qilindi.
Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar tezkor ravishda ko‘rib chiqilib, ularni tizimli hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, har kuni o‘tkazilayotgan uchrashuvlar yakunlari, unda ko‘tarilgan masalalar hamda ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar yuzasidan Respublika shtabiga kunlik ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.