- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
3 Jun 2026
24
Qurilish materiallari va noruda qazilmalari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar diqqatiga! Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni qiynayotgan tizimli muammolarga chek qo‘yish, logistika va energoresurslar sarfini kamaytirish orqali mahsulot tannarxini arzonlashtirish maqsadida OCHIQ MULOQOT tashkil etiladi.
Muloqotda: Surxondaryo viloyati hokimligi, Biznes-ombudsman, "O‘zsanoatqurilishbank" va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Janubiy mintaqaviy inspeksiyasi rahbariyati bevosita ishtirok etib, tadbirkorlarning muammolarini joyida hal qilish choralarini ko‘radi.
Sana: 2026-yil 04-iyun (Payshanba)
Vaqt: 11:00 da
Manzil: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 46A uy. (Mo‘ljal: Savdo sanoat palatasi binosi, Farxod restorani ro‘parasi)