“Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

News image

Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi katta qurilish maydoniga aylandi. Respublika xududlarining barchasida keng ko‘lamdagi sanoat, uy-joy va jamoat binolari qurilishi yuqori sur’atlar bilan olib borilmoqda. Shuning uchun zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni takomillashtirish, shu jumladan, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yangilash – davr talabi hisoblanadi.

2.jpg

Xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlari va manfaatdor aholi vakillarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda tashkil qilishga o‘qitish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

3.jpg

O‘quv markaz bir vaqtning o‘zida 40 nafar tinglovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilar uchun barcha zaruriy ta’lim vositalari, o‘quv qurollari, adabiyotlar bilan ta’minlangan. Mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari asosida amalga oshiriladi.

Mutlaqo yangicha tizim asosida, jami 72 soatga mo‘ljallangan kurslar, 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi.

Talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Shoshiling! Qabul muddati tugashiga oz fursat qoldi.
Ma’lumot uchun: +99871 2549201

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech