- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Tadbirkorlar uchun muhim yangilik
20 Feb 2026
218
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga мувофиқ, 2027-yil 1-yanvardan boshlab neft-gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari va tibbiy buyumlar sohalarida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari to‘liq xalqaro standartlar asosida tashkil etiladi.
Bu nimani anglatadi?
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari ishlab chiqarish jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirishi shart.
Sertifikatlashtirish va standartlashtirish talablari bosqichma-bosqich kuchaytiriladi.
Mahsulot sifati va eksport salohiyatiga qo‘yiladigan talablar oshadi.
Tadbirkorlarga tavsiya:
Ishlab chiqarish jarayonlarini hozirdan xalqaro standartlarga moslashtirish choralarini ko‘ring.
Bu – ichki bozorda raqobatbardoshlikni oshirish va tashqi bozorlarga chiqish uchun yangi imkoniyat demakdir.