- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Tadbirkorlar va investorlar diqqatiga!
29 Jan 2026
179
Toshkent viloyati kichik va yoshlar sanoat zonalari direksiyasi tomonidan hududda joylashgan kichik sanoat zonalardagi bo‘sh yer maydonlar hamda bino inshootlar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qaroriga binoan asosan amalga oshiriladi. Ya’ni, qarorning 3-bobida ko‘rsatilgan talablar asosida tanlovga chiqarilgan yer maydoni talabgorlarlar tomonidan taklif etilgan eng maqbul investitsiya loyihasi tanlab olinadi va g‘olibning majburiyatlari asosida auksion savdolariga chiqariladi. Ishchi organ: Toshkent viloyati Kichik va yoshlar sanoat zonalari direksiyasi.
Agar siz o‘z biznesingizni yaratmoqchi bo‘lsangiz ushbu hujjatlarni taqdim etishingiz so‘raladi:
- direksiyaga KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya buyurtmanomasi-2 nusxa,
-muhrlangan konvertlarda - taklif etilayotgan investitsiya loyihasining biznes- rejasi, investorning oxirgi uch yil (mavjud bo‘lganda) davomidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ma’lumot,
talabgorning ko‘rsatilgan sohada ish tajribasi haqida ma’lumot (2 nusxa).
Eslatma. Talabgor taqdim etilayotgan ma’lumotlar va hujjatlar VMning 03.09.2020-yildagi 134-son qarori 21, 23 - bandlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Shu bilan birga ishonchliligi uchun shaxsan javob beradi.
Investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarni taqdim etish tartibi va shakli quyidagicha:
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili bevosita kelib yoki pochta (xabardor qilgan holda buyurtma xati) orqali direksiyaga KSZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan shaklda to‘ldirilgan va investitsiya buyurtmanomasini ikki nusxada, muhrlangan konvertlarda tanlov haqidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etishi belgilangan.
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Talabgor buyurtmanoma va hujjatlarni taqdim etish muddati: 2026-yil 26-fevral.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Navro‘z MFY, Q.Sultonov ko‘chasi 21-uy.
Telefon: +99895 324-24-99.
Elektron pochta: smallindustrialzone@gmail.com.
Mo‘ljal: Nurafshon shahri viloyat “O‘zagrosug‘urta” binosi.