- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Tadbirkorlarga ogohlantiruv: Mehnat inspektorlari endi oldindan ogohlantirishsiz reyd o'tkazishi mumkin bo'ladi
Tadbirkorlarga ogohlantiruv: Mehnat inspektorlari endi oldindan ogohlantirishsiz reyd o'tkazishi mumkin bo'ladi
18 авг 2025
275
Prezidentning farmoniga ko‘ra, 2025-yil dekabrgacha davlat mehnat inspektorlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazish tartibini tasdiqlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Yangi tartib va talablar:
-
Tadbirkorlik subyekti nomi aniq bo‘lmagan holatlarda tekshiruv tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda huquqbuzarlik sodir etilgan ob’yekt (manzil)ni ko‘rsatgan holda tekshiruv o‘tkazish;
-
Davlat mehnat inspektorlarining qonun buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarmagan ish beruvchilarni tekshirish;
-
Ish beruvchini tekshiruv tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruqdan YAMMTdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qilish;
-
Tekshiruv davomida faoliyati legallashtirilgan ishchilarga ish haqi hisoblanmasligi, bu esa qayta tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘ladi.
Yangi tartib va qonuniy o‘zgarishlar:
2025-yil 1-sentyabrdan "Xavfni tahlil etish" tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmaydi.
Tadbirkorlar uchun yangi majburiyatlar:
-
O‘zbekistonda korxonalar o‘zida mavjud vakansiyalar haqida bandlik organlariga ma’lumot berish majburiyatidan ozod etiladi.
-
Ish beruvchilardan bandlik organlari yo‘llanmasi asosida yuborilgan nomzodlarni ishga qabul qilmaganlik uchun sabab keltirish talabi bekor qilinadi.
-
Bu holatda ish beruvchi ma’muriy javobgarlikka tortilishiga chek qo‘yiladi.
-
Norasmiy bandlikka yo‘l qo‘ygan ish beruvchilarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi.