- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tadbirkorlarga qanday ko’mak beradi?
5 Sep 2025
292
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarga quyidagicha yordam ko‘rsatadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi a’zolari manfaatlarini ifoda etadi va himoya qilish va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ularga takliflar kiritadi.
-
mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning samaradorligini muntazam o‘rganadi;
-
barcha davlat idoralari bilan bo‘ladigan munosabatlarda o‘z vakolati doirasida “Korxonaga” zaruriy yordam ko‘rsatadi, uning huquq va manfaatlarini qonuniy usulda himoya etadi;
-
tashqi bozorni o‘rganadi va eksportga ko‘maklashadi;
-
mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan, xaridor topishda ko‘mak olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuboradi;
-
zaruratga qarab “Korxona”ning biznes faoliyatni tahlil qilish va rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha xorijiy mutaxassislarni jalb qiladi;
-
potensial hamkorlar bilan muzokaralar tashkil qiladi;
-
mahalliy va xalqaro ko‘rgazma, yarmarka, forum va tenderlarda ishtirok etishni tashkillashtiradi;
-
Uyushma a’zolarining mahsulotlarini reklama qiladi, korxonalar faoliyatini OAVda yoritilishida ko‘maklashadi;
-
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda ko‘maklashadi.
Uyushma ta’sischiligida ochilgan "O‘zqurilishmateriallariLITI" MCHJ Ilmiy tadqiqot va injiniring markazi tomonidan shartnoma asosida sifatli, tezkor va arzon narxlarda xizmat ko‘rsatish.
-
Ilmiy-izlanish ishlari, jumladan mahalliy xom-ashyo asosida yangi qurilish materiallarni ishlab chiqarishga qaratilgan izlanishlar;
-
Loyihalash-izlanish ishlari jumladan sement, ohak, gips, oyna va boshqa qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni loyihalashtirish;
-
Mavjud ishlab chiqarish korxonalarda yangi samarali texnologiyalarni tadqiq etishni loyihalashtirish;
-
Mavjud ishlab chiqarish korxonalarni modernizatsiyasini loyihalashtirish;
-
Geologiya-izlanish ishlarini amalga oshirish;
-
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarni amalga oshirish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
-
Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlab berishda xizmat ko‘rsatish;
-
Texnik-iqtisodiy asoslanishlarni, biznes-rejalarni ishlab chiqish;
-
Xom-ashyo, qurilish materiallar va konstruksiyalarning laborator tekshiruvlarini o‘tkazish;
-
Innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish, innovatsion materiallarni ishlab chiqish;
-
73 turdagi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyada 225 turdagi sinov ishlari o‘tqaziladi.
Uyushma ta’sischiligida ochilgan “Tog‘-Geologiya Jamlama Ekspeditsiyasi” MCHJ tomonidan shartnoma asosida sifatli, tezkor va arzon narxlarda
-
Noruda foydali qazilma konlarida geologik qidiruv ishlarini olib borish;
-
Geodezik tasvirlash va topografiya ishlarini olib borish (O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari geodeziya kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi tomonidan 2018-yil 26-dekabrda berilgan AE 483-sonli litsenziya asosida);
-
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer uchastkalardan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalarni olishda tadbirkorlardan talab qilinadigan texnik – iqtisodiy asos (TEO) loyihasini ishlab chiqish;
-
Kengaytirilgan texnik iqtisodiy hisob (UTER) loyihasini ishlab chiqish;
-
Konning ishchi loyihasini ishlab chiqish;
-
Kon ajratish loyihasini ishlab chiqish;
-
Kon ishlarini rivojlantirish loyihasini ishlab chiqishni amalga oshiradi.
-
Ko‘rib turganingizdek, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi soha tadbirkorlarining eng ishonchli va ko‘makdosh hamkori.