- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Tanishing: IMRERIAL GRANITE
23 Sep 2025
225
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish bo‘yicha Respublikada yetakchi korxonalardan biri "IMRERIAL GRANITE" MCHJ joylashgan.
Korxonada yiliga 150 ming kv metr barcha turdagi tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqariladi. E’tiborlisi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 40 foizi eksportga yo‘naltirilgan. Bu yerda nafaqat mahalliy balki, xorijdan keltirilgan pardozbop toshlarni topishingiz mumkin. Jumladan, dunyoga mashhur Shanxi Black, Bianco Sardo, Baltic Red tabiiy toshlari bilan birga mahalliy granit va marmarlarni uchratishingiz mumkin.
Korxona to‘liq Italiya va Turkiyaning so‘nggi rusumdagi texnologiyalari bilan jihozlangan. "IMRERIAL GRANITE" MCHJda marmar, granit, travertin toshlaridan katta hajmdagi plitalar (slyab) ishlab chiqarish faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Korxona mahsulotlari Italiya, Turkiya, Gretsiya, Rossiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etadi.
Tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish bo‘yicha "IMRERIAL GRANITE" milliy brend hisoblanadi.
E’tiborlisi, qo‘shni davlatlardan tashqari, MDH davlatlarida ham korxona mahsulotlariga talab yuqori.