Tojikistonga 18, 2 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan

News image

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda boshqa sohalar kabi qurilish materiallari yo‘nalishida olib borilayotgan tub islohotlar natijasida yangi quvvatlar qurib foydalanishga topshirilmoqda. Shuningdek, yangi turdagi, innovatsion, energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada “made in Uzbekistan” yorlig‘i ostidagi qurilish materiallari nafaqat mahalliy balki, jahon bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

Ma’lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining asosiy xaridori bu qo‘shni davlatlardir. Soha tadbirkorlari uchun Tojikiston Respublikasi ham eng muhim bozorlardan biri sanaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni davlatga 2021 yilda 63,6 mln dollarlik 14 turadgi mahsulot eksport qilingan. Shu bilan birga 33 mln dollarlik qurilish materiallari importi amalga oshirilgan. Tojikistondan asosan portlandsement, dala shpati; leysit; nefelin kabi mahsulotlar olib kelingan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida jami 18,2 mln dollarlik qurilish materiallari Tojikiston Respublikasi eksport qilingan. Mamlakatimizdan asosan metall buyumlar (3,9 mln dollar), PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari (3,09 mln dollar), keramika mahsulotlari (2,05 mln dollar), quruq qurilish qorishmalari va sement mahsulotlari (1,8 mln dollar), oyna va oyna mahsulotlari (1,3 mln dollar), issiqlik saqlovchi materiallar (1,08 mln dollar) kabi mahsulotlar yetkazib berilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech