Toshkent viloyati sanoat zonalarida bo‘sh yer maydonlar va inshootlar bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

News image

Toshkent viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tomonidan viloyatda joylashgan sanoat zonalardagi bo‘sh yer maydonlar hamda bino inshootlar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!

Eslatma: Tanlov Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qaroriga binoan asosan amalga oshiriladi. Ya’ni, qarorning 3-bobida ko‘rsatilgan talablar asosida tanlovga chiqarilgan yer maydoni talabgorlarlar tomonidan taklif etilgan eng maqbul investitsiya loyihasi tanlab olinadi va g‘olibning majburiyatlari asosida auksion savdolariga chiqariladi.

Ishchi organ: Toshkent viloyati sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi;

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Mirza Bobur ko‘chasi 1a uy;

Telefon: +998 88 016 20 25 ; Elektron pochta: smallindustrialzone@gmail.com

Mo‘ljal: Nurafshon shahri  “O‘ztelekom” binosi 5-etaj

Tanlov o‘tkazish joyi va sanasi: tanlov 2026-yilning 17-may  kunida Nurafshon shahri O‘ztelekom binosi Sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasida bo‘lib o‘tadi.

Talabgor taqdim etish lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

direksiyaga SZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya buyurtmanomasi-2 nusxa;

muhrlangan konvertlarda - taklif etilayotgan investitsiya loyihasining biznes-rejasi, investorning oxirgi uch yil (mavjud bo‘lganda) davomidagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ma’lumot, talabgorning ko‘rsatilgan sohada ish tajribasi haqida ma’lumot. – 2 nusxa.

Izoh: Talabgor taqdim etilayotgan ma’lumotlar va hujjatlar VMning 03.09.2020-yildagi 134-son qarori 21, 23 - bandlariga muvofiq bo‘lishi lozim. Shu bilan birga ishonchliligi uchun shaxsan javob beradi.

Investitsiya buyurtmanomalari solingan konvertlarni taqdim etish tartibi va shakli:

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili bevosita kelib yoki pochta (xabardor qilgan holda buyurtma xati) orqali direksiyaga SZ hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun belgilangan shaklda to‘ldirilgan va investitsiya buyurtmanomasini ikki nusxada, muhrlangan konvertlarda tanlov haqidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etishi belgilangan.

Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

Talabgor buyurtmanoma va hujjatlarni taqdim etish muddati: 2026-yil 14-may


Batafsil ma’lumot: ilovani yuklab olish

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech