Toshkent viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi

News image

Qurilish materiallari va noruda foydali qazilmalar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar diqqatiga!

Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari (metall, bazalt, temir-beton buyumlar va boshqalar) ishlab chiqaruvchi korxonalar duch kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish, shuningdek, logistika va energiya resurslari xarajatlarini qisqartirish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish maqsadida ochiq muloqot tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirda Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi vakillari ishtirok etadi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar joyida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Sana: 2026-yil 15-may

Vaqt: soat 11:00

Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 5-uy

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech