UCG «Yashil makon» loyihasida ishtirok etadi

News image

United Cement Group xalqaro sement xoldingi O‘zbekiston prezidentining ekologik tashabbusi - «Yashil makon» umumilliy loyihasida ishtirok etadi.

United Cement Group (UCG) xoldingi tarkibiga kiruvchi O‘zbekistonning yetakchi zavodi «Qizilqumsement» AJ 2023-yil bahorida 3000 tup qayrag‘och va boshqa manzarali daraxtlar, shuningdek, Respublikaning Navoiy viloyatida 200 tup saksovul ko‘chatini o‘tqazdi. Bu UCG xoldingining O‘zbekistondagi sanoat korxonalari joylashgan tumanlarini ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan «Yashil makon» loyihasidagi faol ishtirokining navbatdagi bosqichidir.

Avvalroq, 2022-yil kuzida UCG ko‘magi bilan to‘liq hajmda bajarilgan investitsion majburiyatlar realizatsiyasi doirasida korxonaning sanitar-muhofaza hududida 11 gektar maydonda 3200 tup daraxt ko‘chati o‘tqazildi va 500 kg buta urug‘lari ekildi. Biroq xolding jamoasi bu bilan to‘xtab qolgani yo‘q va respublikadagi ekologik dasturlari qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.

«Yashil makon» loyihasi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq yo‘lga qo‘yildi. Prezidentning ekologik tashabbusining bu qismi doirasida respublikaning issiq iqlimida texnogen ta’sir hamda issiqxona effekti oqibatlarini yumshatish maqsadida butun O‘zbekiston bo‘ylab 2026-yilga borib bir milliard daraxt va butalar ekilishi ko‘zda tutilgan. Moslashuvchan manzarali daraxtlar va butalar ko‘p miqdorda changni yutishga, ekotizimni asrashga va havoning o‘rtacha haroratini ushlab turishga yordam beradi.

«UCG xoldingi mahalliy hokimiyat organlari, ekologik tashkilotlar va viloyat fuqarolari bilan hamkorlikda “Yashil makon” loyihasiga faol kirishdi, — so‘zlab beradi «Qizilqumsement» AJ bosh direktori Sergey Melnikov. — Ishlab chiqarish joylashgan hudud ekologiyasi haqida qayg‘urish — bu bizning ichki siyosatimiz va yuksak ekologik va ijtimoiy mas’uliyatimizga to‘la mos keluvchi zamonaviy sement sohasining trendi hisoblanadi. Xoldingga qarashli barcha zavodlar yashil texnologiyalarga e’tibor qaratgan holda, atrof muhitga ta’sirni kamaytiruvchi innovatsiyalarni joriy etish asosida modernizatsiya qilinmoqda. Navoiy viloyatini ko‘kalamzorlashtirish orqali biz O‘zbekiston tabiati va ekologiyasi muhofazasiga hissa qo‘shdik».

Navoiy viloyati cho‘lli va qurg‘oqchil iqlimga ega. Suv tanqisligi tufayli UCG mutaxassislari tomonidan ilg‘or sug‘orish metodlari qo‘llanilgan: har biri 60 tonnadan bo‘lgan ikkita rezervuardan tomchilab sug‘orish tizimi o‘rnatilgan. Bu tufayli korxona bu yil tarvuz, qovun va qovoq ekishi mumkin va bu o‘z navbatida ekologiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. «Qizilqumsement» AJ chiqindilarni utilizatsiya qilish dasturida, shuningdek, mahalliy ekoturistik yo‘nalishlarni rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Atmosferaga zararli moddalarni chiqarish va chiqindilarning ruxsat berilgan chegarasi normativlariga amal qilishni doimiy ravishda zavod va xoldingdagi maxsus bo‘lim nazorat qiladi.

«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ekologik tashabbusi bizning qadriyatlarimiz hamda energiya samaradorligini oshirish, atmosferani ifloslantirishni qisqartirish, yashil texnologiyalarni joriy etish kabi jahon barqaror rivojlanish standartlariga munosib bo‘lish zarurati bilan mos keldi, — deydi Sergey Melnikov. — O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning hayot darajasini oshirish, shaharlarda havo sifatini yaxshilash va tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishi belgilangan. “Yashil makon” loyihasi Iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yumshatish va iqlim ta’sirlariga moslashish bo‘yicha Parij bitimi doirasida mamlakat majburiyatlarining bajarilishiga xizmat qiladi. “Yashil makon” loyihasi — biznes, davlat va jamiyat o‘rtasidagi samarali hamkorlikning namunasi va UCG O‘zbekistonning qator sement korxonalari egasi sifatida uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor».

«Qizilqumsement» AJ kelgusida ham «Yashil makon» loyihasini amalga oshirishda va viloyatdagi ekologik vaziyatni yaxshilashga intilishda davom etadi. UCGning muvaffaqiyatli va mas’uliyatli ijtimoiy faoliyati O‘zbekistonning boshqa sanoat korxonalari uchun o‘rnak hamda faol ishtirok etish uchun chaqiriq bo‘lishi lozim.

UCG haqida ma’lumot

United Cement Group (UCG) xoldingi – Markaziy Osiyoning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda faoliyat yurituvchi eng yirik sement xoldingi. Guruh korxonalari sementning umumiy qurilish va eng yuqori sifatli maxsus markalarini ishlab chiqaradi hamda ular mintaqadagi tayanch infrastruktura obyektlari qurilishida keng qo‘llaniladi. Guruh ijtimoiy masalalar, ekologiya va energiya samaradorligiga alohida e’tibor qaratgan holda biznes o‘sishining yuqori dinamikasini namoyon etmoqda. UCG zavodlarni mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining sementga bo‘lgan talabini qondirishga va xalqaro bozorning asosiy o‘yinchilariga aylanishga qodir zamonaviy ishlab chiqarish obyektlariga aylantirish uchun ularning kapital moderniyazatsiyasini o‘tkazmoqda.

Manba: Aniq.uz

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech