- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Umumiy va noorganik kimyo instituti tashkil topganining 90 yoshga to‘ldi

17 Nov 2023
128
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti tashkil topganining 90 yilligi munosabati bilan "O‘zbekiston mineral-xom ashyolarini qayta ishlashning yuqori texnologiyalarini yaratish va ulardan foydalanishning dolzarb muammolari" mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimizdagi shu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida Xalqaro konferensiya ham o‘tkazildi. Umumiy va noorganik kimyo bo‘yicha so‘nggi kashfiyotlar, sanoatda ilm-fan yutuqlarini qo‘llash, innovatsion g‘oyalar haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga institut tarixi va faoliyati haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.
Umumiy va noorganik kimyo institutida izlanishlar olib borayotgan olimlar va xalqaro ilmiy institutlar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ham so‘z yuritildi.
Shu kuni institutda uzoq yillar mehnat qilgan professor-o‘qituvchilar mukofotlandi.