- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- UzBuild 2026 — qurilish sohasidagi eng yirik xalqaro maydon!
6 Feb 2026
206
Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov brifingda “27-Xalqaro UzBuild 2026 qurilish ko‘ragazmasi” haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, tadbir 10-12 fevrla kunlari poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilgi ko‘rgazmada 21 mamlakatdan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi. Xususan, Germaniya, Rossiya, Turkiya milliy pavilonlari taqdim etilgan, Gruziya, Latviya va Eron kompaniyalari jamoaviy tarzda qatnashmoqda.
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Xitoy, Turkiya delegatsiyalarining tashrifi kutilmoqda. Ko‘rgazma ekspozitsiyasi «O‘zekspomarkaz» ning barcha pavilonlarida va ochiq maydonida taqdim etilib, unda sanoat uchun eng innovatsion mahsulotlar, texnologiyalar va yechimlarning keng assortimenti taqdim etiladi.
Ko‘rgazmaning «Qurilish texnikasi va texnologiyalari – BuildTech» ixtisoslashtirilgan bo‘limi qurilish texnikasi, yo‘l qurilishi uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ko‘plab boshqa mahsulotlarning keng assortimentini namoyish etadi.
Ko‘rgazma doirasida shuningdek, 7-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2026 bo‘lib o‘tadi. Anjuman mavzusi: «Yangi O‘zbekiston: g‘oyalardan keng ko‘lamli yechimlarga». Tadbirda yetakchi kompaniyalar va yirik xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, UzBuild Xalqaro qurilish ko‘rgazmasi 2000-yilda tashkil etilgan. Ko‘rgazma boshidanoq asbob-uskunalar, texnologiyalar va qurilish materiallarning eng yangi namunalari bilan tanishish uchun noyob biznes maydon sifatida qurilish sanoatining yetakchi kompaniyalari e’tiborini tortdi. Tadbir o‘z qamrovi bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida Qurilish sohasining eng katta, mashhur va muhim ixtisoslashgan xalqaro ko‘rgazmasi hisoblanadi.
Qurilish sohasining barcha vakillarini 10–12-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan UzBuild 2026 xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etamiz!