UzBuild - birgalikda kelajak quramiz!

News image

Sana: 1-4-mart kunlari, 2022-yil

O‘tkazilish joyi: "O‘zekspomarkaz" MKM, Toshkent, O‘zbekiston

Qurilish sanoati flagmani - "Qurilish – UzBuild 2022" 23-O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmasi "O‘zekspomarkaz" MKMda o‘z ekspozitsiyasini 2022-yil 1-martdan 4-martga qadar qayta joylashtiradi. Bu har yili qurilish sohasi mutaxassislarini jamlaydigan va eng kutilgan voqea bo‘lib, mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning ilg‘or texnologiyalari va tajribasini namoyish etadigan, turli mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka ko‘maklashadigan professional maydondir.

Ko‘rgazma sanoatda ijobiy o‘zgarishlarni aks ettiradi. 2021-yil yakunlari bo‘yicha qurilish materiallarining eksport hajmi $288 million bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma bo‘limlari: Qurilish materiallari / Interer va dizayn / Me’moriy va dekorativ yorug‘lik. Elektrika / Derazalar, eshiklar va jabhalar / Keramika va pardozlash toshlari / Asboblar va mahkamlagichlar / Dastgohlar va yog‘ochsozlik uskunalari / Uy-joy qurilishi / Ko‘chmas mulk / Landshaft va ko‘kalamzorlashtirish.

"Qurilish texnikasi va texnologiyalari - BuildTech 2022" ixtisoslashgan bo‘limida maxsus texnika, butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning so‘nggi yutuqlari va ishlanmalari, yo‘l qurilishi uchun asbob-uskunalar, qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun uskunalar va yana ko‘plab boshqalar namoyish etiladi.

Ko‘rgazma biznes dasturi doirasida 3-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI bo‘lib, u davlat tuzilmalari, sohaviy uyushmalar va birlashmalar vakillarini, qurilish bozori mutaxassislarini sanoatning dolzarb tendensiyalarini muhokama va munozara qilish uchun birlashtiradi.

O‘zbekiston qurilish tarmog‘i jadal rivojlanmoqda va bu voqea miqyosida o‘z aksini topmoqda. 2021-yilda Avstriya, Ozarbayjon, Germaniya, Daniya, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandlar, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, AQSH, Turkiya, O‘zbekiston va Finlyandiya kabi mamlakatlardan 150 dan ortiq kompaniya ko‘rgazma ishtirokchilari bo‘ldi. Milliy pavilon an’anaviy ravishda Turkiya tomonidan taqdim etilgan. Rossiya hududlarining jamoaviy stendlari tarkibiga Chuvash Respublikasi, Tatariston Respublikasi, Boshqirdiston Respublikasi, shuningdek Tomsk, Omsk, Lipetsk va Penza oblastlari kiradi.

160 dan ortiq kompaniyalar, jumladan, Germaniya, Hindiston, Turkiya milliy guruhlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining kollektiv stendlari ishtirok etishlarini tasdiqladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi, "Qurilishmashlizing" Respublika ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi AJ va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘rgazmani rasmiy qo‘llab-quvvatlaydi.

Tashkilotchi: Iteca Exhibitions

Aloqa:
Aziza Axmedxodjayeva - Loyiha direktori
Tel: + (998 71) 205 18 18
E-mail.: uzbuild@iteca.uz
Facebook: www.facebook.com/UzBuild.uz/
Web: www.uzbuild.uz
Linkedin: www.linkedin.com/company/uzbuild/

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech