Xorazm viloyatida qurilish materiallari sanoati vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

News image

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti”ga tayyorgarlik jarayonlari doirasida tadbirkorlarning muammo va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashabbusi bilan hududlarda ochiq uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bu safar Xorazm shahrida qurilish materiallari sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Savdo-sanoat palatasi vakillari hamda sohada faoliyat yuritayotgan korxona rahbar va mutaxassislari qatnashdi.

photo_2026-06-02_17-26-40.jpg

Uchrashuv davomida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish, eksport geografiyasini kengaytirish va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan logistika tizimini takomillashtirish, geologiya va ekologiya yo‘nalishlaridagi mavjud masalalar, ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirish, tashqi bozorlarga chiqish va yangi hamkorlar topish bilan bog‘liq takliflar bildirildi.

photo_2026-06-02_17-26-47.jpg

Ochiq muloqot davomida ko‘tarilgan masalalarni hal etish, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash hamda davlat tashkilotlari, bank hamda biznes vakillari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muhim fikr va tashabbuslar ilgari surildi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech