Yangi O‘zbekistonda qurilish sohasi OAV vakillari nigohida

News image

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda qurilish sohasi – kecha, bugun va ertaga” mavzusidagi matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Kozim To'laganov, O'zbekiston quruvchilar assotsiatsiyasi raisi Mansurjon Niyozmuhammedov, Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov hamda Davlat arxitektura nazorati boshqarmasi boshlig'i Nodir Rejaboyev spiker sifatida ishtirok etishdi. Shuningdek, OAV vakillari bilan muloqotda "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi mutaxassislari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi markaziy bo'lim va boshqarmalari, xususan, Loyiha faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi" DM ekspertlari, tender, uy-joy masalalariga mas'ullar, qurilish tashkiloti vakillari ham qatnashdi.

photo_2024-06-11_15-40-30.jpg

Tadbir avvalida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig’i Kozim To’laganov so’z olib, shaharsozlik sohasidagi qator islohotlar, o’zgarishlar xususida to’xtaldi.

Ta’kidlanganidek, respublika bo‘yicha jami qurilish ishlari hajmi 2020-yilda 88 trln, 2021-yilda 108 trln , 2022-yilda 131 trln, 2023-yilda 139 trln va 2024-yilning 1-choragida 32 trln so‘mni tashkil etgan.

photo_2024-06-11_15-30-49.jpg

2024-yilning 1-choragida jami 33 ta, shundan 1 ta shahar, 10 ta shaharchalarning bosh rejalari va 22 ta qishloq aholi punktlarining shaharsozlik jihatdan rivojlantirish sxemalari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi yig‘ilish muhokamasiga kiritildi hamda o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasining tegishli bayonlari bilan tasdiqlandi. Joriy yilning 1-choragida Ijtimoiy ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasida 100 foiz ijtimoiy soha obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertizaga taqdim etildi. Shu bilan birga “Tashabbusli budjet” dasturi doirasida 3 865 ta obyektlardan 2 983 tasining loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, ekspertiza ko‘rigiga taqdim etildi.

2024-yil uchun Ijtimoiy ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish dasturiga kiritilishi belgilangan 840 ta yangidan boshlanuvchi obyektlardan barchasining loyiha-smeta hujjatlariishlab chiqilgan va ekspertiza ko‘rigiga taqdim etildi. Hozirda 2024-yil dasturi asosida tasdiqlangan namunaviy loyihalarini BIM texnologiyasi asosida ishlar olib borilmoqda.

2024-yilning 1-choragida 8 ta ijtimoiy soha obyektlarning namunaviy loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi tashkil etilib, tasdiqlandi.

“Shaffof qurilish” portalining tender.mc.uz elektron platformasi orqali 2024-yilning 1-choragida 1,46 mingta obyektga loyiha va pudrat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha onlayn elektron tender savdolari o‘tkazilgan. Shu bilan birga tizim orqali.

2024-yilning 1-choragida 2,8 mingdan ortiq obyekt loyihasini ekspertizadan o‘tkazildi. Natijada 1,2 trln so‘m mablag‘ loyihalarning smeta qismidan iqtisod qilindi.

Shuningdek, 2024-yil 1-choragida Investitsiya dasturiga kiritilgan ijtimoiy soha (maktab, MTT hamdaijod maktablari) obyektlari loyiha hujjatlarining 732 tasi loyiha tashkilotlari tomonidan qaytadan ishlab chiqildi va ekspertiza ko‘rigiga taqdim etildi. Shundan 211 tasiga yig‘ma-ekspert xulosalari taqdim etildi.

photo_2024-06-11_18-15-09.jpg

Joriy yilning birinchi choragida qurilish-monta jishlarini to‘xtatish holatlari 620 tani tashkil etdi. Shu bilan birga qurilish normalarga rioya qilmagan holatda qurilish-montaj ishlari olib borilganligi sababli 226 ta holatda buzdirish ishlari olib borildi.

Shaharsozlik sohasidagi mutaxassislarning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har uch yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etildi. Sertifikatlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida Kompetensiyani rivojlantirish institutida 801 nafar mutaxassislar o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etildi.

Anjumanda OAV vakillariga hozirgi kundagi qurilish materiallari sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, mahsulotlarning sifati va narxi, energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanish bo’yicha boyicha ham ma’lumotlar berildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o’tkazildi, jurnalistlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech