Yanvar-mart oylarida 5,4 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilgan

News image

2021 yilning I-choragida O‘zbekiston Respublikasida Yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdori amaldagi narxlarda 128,6 trln so‘mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 103 foizga o‘sish qayd etilgan. Joriy yilning I-choragida Respublikada 91,5 trln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 103,8 foizni tashkil etgan.

1.jpg

YAIMning 90,8 foizini (116,8 trln.so‘m) tarmoqlarda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hamda 9,2 foizini (11,8 trln.so‘m) sof soliqlar tashkil etgan.

Joriy yilning o‘tgan I-choragida 19,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 100,5 foizga o‘sgan.

2.jpg

Ushbu davrda jami 12 677,4 ming kv.m uy-joylar ishga tushirilgan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 81,8 foizni tashkil etgan. Shundan, 11 443,2 ming kv m yakka tartibdagi uy-joylar, 617,8 ming kv m namunaviy tipdagi uy-joylar va 616,4 ming kv m boshqa xo‘jalik sub’ektlari tomonidan qurilgan uy-joylar tashkil etgan.

2021 yilning I-choragida qurilish materiallari sohasida jami 5,4 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 110 foizni tashkil etgan. Jumladan, o‘tgan hisobot davrida 2 mln 880,4 ming tonna sement (2020 yilga nisbatan 124,6 %), 4,3 mln kv.m qurilish oynasi (72,7 %), 14,3 mln kv m gipsokarton (100,7 %), 7,3 mln kv m keramik plitka (2,1 baravar), 490 ming o‘ram oboy (121,8 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

3.jpg

2021 yilning I-choragida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 2 trln 049,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 121,3 foizni tashkil etdi. Shundan uyushma tarkibidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan 1 trln 410,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 126,5 foizni hamda uyushma tarkibidagi kichik biznes korxonalari tomonidan 639,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 106,4 foizni tashkil etdi. Shuningdek, ushbu davrda 94,6 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarildi.

Jumladan, 2 mln 198,9 ming tonna sement (o‘tgan yilga nisbatan 122 %), qurilish oynasi – 4,27 mln kv.m 2-mm o‘lchamda (72,7 %), keramik plitka – 4,1 mln kv m (2,8 baravar), gipsokarton – 8,9 mln kv m (94,8 %), quruq qurilish aralashmalari – 34,6 ming tonna (123,2 %), oboy – 422 ming o‘ram (121,8 %), ohak – 31,2 ming tonna (2,3 baravar), gips – 39,2 ming tonna (113,7 %) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, pardozbop keramik plitka, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, bazalt armaturasi, oboy (gulqog‘oz) o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yildi.

4.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech