Yurtimizda keramik plitka ishlab chiqaruvchi nechta korxona borligini bilasizmi?

News image

Respublikamizda keramik plitka ishlab chiqaruvchi jami 16 ta yirik korxona mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 96,2 mln kv. metrni tashkil etadi. E’tiborlisi, mahalliy korxonalarda deyarli barcha o‘lchamlarda xususan, 20*30 sm.dan tortib 60*120 sm.dagi keramik plitkalar mavjud. Eng ko‘p keramik plitka tayyorlashga ixtisoslashgan korxonalar Toshkent viloyatida joylashgan. Hududning o‘zida 22 mln 950 ming kv metr mahsulot tayyorlanadi. Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari ham ushbu yo‘nalishlarda yetakchi sanaladi.

IMG_2573.jpg

Respublikadagi eng yirik ishlab chiqaruvchi korxona “YONG XIN CERAMICS” MCHJ Farg‘ona viloyatida joylashgan. Bu yerda yiliga 23 mln kv metr keramik plitka va keramogranit ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Korxona to‘liq so‘nggi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan.

Poytaxtimizda joylashgan "Orient-Ceramic" MCHJ ham yetakchi korxonalardan biri sanaladi. Jamiyatda bir yilda 9 mln kv. metr kafel va keramogranit tayyorlanadi. Samarqand viloyatida o‘z faoliyatini olib borayotgan "Prime Ceramics " MCHJ QK eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Korxona mahsulotlari Yevropa davlatlarigacha yetkazib beriladi.

IMG_7097.jpg

"Modern Ceramics" ("Peng Sheng") MCHJ QK mahsulotlari eng xaridorgir sanaladi.

Angren erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan "Luyx Ceramics Group" MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan keramogranitga qo‘shni davlatlarda talab oshib bormoqda.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech