“Engil po'lat konstruktsiyalardan foydalangan holda seysmik mustahkam qurilish” Sipoziumidagi kirish so'zi


Assalomu alaykum xonimlar va janoblar!

“Engil po'lat konstruktsiyalardan foydalangan holda seysmik mustahkam qurilish” Sipoziumining hurmatli ishtirokchilari!

Xalqaro simpozium tashkilotchilari – “O'zqurilishmateriallari” AK va MDH Knauf guruhi nomidan Sizlarni simpozium ishining boshlanishi bilan tabriklashga ijozat berasiz.

Aholi yashash sharoitlari xavfsizligini, ayniqsa seysmik faol mintaqalarda ta'minlash, dolzarb masalalardan hisoblanadi.

1966 yilning 26 aprelidagi 8 balldan yuqori balli (12 ballik MSK-64 shkalasi bo'yicha) kuchga ega bo'lgan Toshkent zilzilasini hammamiz yaxshi eslaymiz.

Zilzila oqibatida Toshkentning markaziy qismi deyarli butunlay vayron bo'ldi:

- 2 mln. kv metrdan ziyod turar-joy maydoni;

- 236 ta ma'muriy binolar;

- 700 ta savdo va umumiy ovqatlanish ob'ektlari;

- 185 ta sog'liqni saqlash va 245 ta sanoat inshootlari vayron bo'ldi.

2,5 yil davomida (1969 yilning dekabr` oyiga qadar) kuchi 2 dan 7 ballgacha bo'lgan 1100 dan ortiq zilzilalar bo'lib, shu davrda Toshkent shahri aholisi qo'rquv va tahlikada hayot kechirdi.

Ammo shahar Ittifoqning barcha respublikalari yordamida 3,5 yilda tayta tiklandi.

Zilzila tufayli keltirilgan zararni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul

qilindi:

- Yer osti silkinishlarini prognoz qilishni mukammallashtirish, xafv-xatar to'g'risida avvaldan xabardor qilish;

- Seysik mintaqalashtirishga o'zgartirishlar kiritish;

- Seysmik nagruzkani hisoblash usullarini takomillashtirish;

- Ob'ektlarni qurishda binolar va inshootlarning seysmik mustahkamligini

ta'minlovchi konstruktiv qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish.

Seysmik mustahkam qurilish bo'yicha Xalkaro simpoziumni o'tkazish amalga oshirilgan ishlar va simpozium ishtirokchilarining ushbu yo'nalishda erishgan natijalari to'g'risida xabardor qilish, tajriba almashishda katta ahamiyatga ega. Umid qilamanki, tadbir seysmik mustahkam qurilishni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ishtirokchilarga Xalqaro seminarda ularning faoliyatiga muvaffaqiyat va samarali ish olib borishlarini tilayman!

E'tiboringiz uchun rahmat.

Eng yaxshi tilaklar bilan,

Boshqaruv raisi

E.M.Akramov


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 63.43 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech