“Qurilish materiallari ishlab chiqarishda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar” mavzusida matbuot anjumani


2019 yilning 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Qurilish materiallari ishlab chiqarishda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar” mavzusida Matbuot anjumani 
PRESS-RELIZI

Joriy yilning 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “Qurilish materiallari ishlab chiqarishda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda, Innovatsion rivojlanish vazirligi va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi mutaxassislari, uyushma tarkibidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-sonli qarorida qurilish materiallari sohasini jadal rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish mezonlari belgilab berildi. Ushbu qarorga ko‘ra «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi raisining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritildi. Shu bilan birga, «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi qoshida Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashi tuzildi va asosiy vazifalari belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorlikda joriy yilning 30 may kuni PQ-4335-son qarori doirasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha umumiy qiymati 7.6 mlrd. so‘mlik 10 ta yo‘nalishda innovatsion loyihalar tanlovi e’lon qilindi.

Joriy yilning 19 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi hamkorlikda Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida respublikadagi ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan yaratilgan yangi turdagi innovatsion yuqori samarador qurilish materiallari (ishlanma va texnologiyalar) ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligida o‘tkazilgan Kengashning yig‘ilishlarida jami 21 ta innovatsion loyihalar ko‘rib chiqildi va Kengashning qaroriga asosan 5 ta loyihani moliyalashtirishga tavsiya etildi.

Muqobil yog‘och materialidan MDF plitalarini ishlab chiqarish maqsadida yangi xom ashyo resurslarini aniqlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishda pavlovniyani keng qo‘llash, shu jumladan mamlakat hududlarida pavlovniya ekiladigan yer maydonlarni kengaytirish bo‘yicha bir qator ishlar amlga oshirildi. Xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tadbirkorlar, oilaviy korxonalar va fermer xo‘jaliklar bilan hamkorlikda joriy yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra mamlakatimiz hududlarida pavlovniya daraxtini ekish uchun jami 332 gektar ajratilgan yer maydonlaridan 195 gektariga pavlovniya ko‘chatlari ekilishiga erishildi.

Hozirgi kunda qurilish materiallari sohasida jami 1274 ta ISO xalqaro standartlar, ya’ni “Ekologik menejment tizimi” (ISO 14001) bo‘yicha - 17 ta, “Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi menejment tizimi” (ISO 45001:2018) bo‘yicha - 35 ta, “Energetika menejment tizimlari (ISO 50001:2018) bo‘yicha - 3 ta, “Sifat menejment tizimi” (ISO 9001) bo‘yicha - 1219 ta sertifikatlar berilgan.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida xalqaro standartlarni o‘rganish va sohaga tadbiq etish bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi “O‘zstandart” agentligiga bilan hamkorlikda ishlarni yo‘lga qo‘yib, natijada bugungi kunga kelib 169 ta qurilish materialini ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standartlar qabul qilindi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi respublikamizdagi amaldagi standartlar inventarizatsiya qilindi. Unga ko‘ra bugungi kunda Respublikamizda ushbu sohada 547 xalqaro (mintaqaviy), 110 Davlat standartlari, 20 ta xorijiy davlatlarning milliy standartlari mavjud. Yuqorida ta’kidlangan standartlardan 91 tasi (13 %) xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan. Samarasiz, eskirgan standartlar bekor qilindi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan joriy yilning 18-28-noyabrida innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish va sohaga ilm-fan yutuqlarini joriy etish bo‘yicha Belarus Respublikasiga tashkil etilgan xizmat safariga O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida “O‘zsanoat¬qurilishmateriallari” uyushmasidan 2 nafar soha mutaxassislari - A.Bahodirov va S.Razzaqovlar ishtirok etdi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech