• Главная
  • Matbuot markazi
  • Press-relizlar
  • “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining ko‘rgazmalar zalida OAV vakillari, jurnalistlar va bloggerlar uchun “O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari bilan tanishing” mavzusida press-tur tashkil etildi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining ko‘rgazmalar zalida OAV vakillari, jurnalistlar va bloggerlar uchun “O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari bilan tanishing” mavzusida press-tur tashkil etildi.


Uyushma tomonidan Hukumat ko‘magida, tegishli vazirlik, tijorat banklari va hokimliklar bilan birgalikda Prezidentimizning 2019 yil 27 fevraldagi PF–5445-sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan, uyushma faoliyati samaradorligining baholash asosiy mezonlarini bajarilishi bo‘yicha tegishli ishlar olib borildi.

Xususan, 2019 yilda 16,8 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 2018 yilga (12,9 trln so‘m) nisbatan 117,4 foizni tashkil etdi. Asosiy qurilish materiallaridan 11 mln tonna sement (o‘sish 121 foiz), 18,8 mln kv. m. qurilish oynasi (115,6 foiz), 43,1 mln kv. m. gipsokarton (104,6 foiz), 16,5 mln kv m keramik plitka (101,9 foiz) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, 140 mln. dollarlik qurilish materiallari eksport qilinib, belgilangan reja (95 mln.dollar) 147 foizga bajarildi. O‘tgan yilga nisbatan esa eksport hajmi 173,9 foizga oshirildi (80,4 mln. dollar). Eksport geografiyasi an'anaviy Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan tashqari, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Rossiya, Turkiya va Xitoy davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 418 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va natijada 47 mln dollarlik import qisqartirildi.

O‘tgan yilda sohaga jami 1,3 mlrd dollarlik, shu jumladan 570 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilindi.

Shundan umumiy qiymati 583 mln dollarlik 866 ta loyihalar ishga tushirildi va natijada 8 850 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

2019 yilda qurilish materiallari narxlarining indeksi 2018 yilga nisbatan 109,5 foizni tashkil etdi (2019 yilda inflyasiya ko‘rsatkichi 15,2 foizni tashkil etgan).

Qurilish vazirligi va “O‘zstandart” agentligiga bilan hamkorlikda 340 ta qurilish materialini ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standartlar qabul qilindi Uyushma tarkibidagi 40 ta korxona Sifat menejment tizimi (ISO 9001) sifat sertifikatiga ega bo‘lishdi.

Joriy yilda soha bo‘yicha qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 22 trln so‘mga, shu jumladan, uyushma tarkibidagi korxonalar bo‘yicha 5,9 trln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Jumladan, 50,6 mln kv m gipsokarton (o‘sish 117 foiz), 3,65 mln o‘ram oboy (5,6 barobar), 17,3 mln kv m keramik plitka (105 foiz), 14,5 mln tonna sement (132 foiz), 458 ming dona sanitar-texnik buyumlar (183 foiz), 650 ming tonna marmar va granit toshlari, 1 mln kv m keramogranit, 90 ming kub metr DSP kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Zamonaviy va energotejamkor qurilish materiallaridan 1 mln kub metr (o‘sish 2,9 barobar) gazobeton bloklari, bazal't va shisha momig‘idan 25 ming tonna issiqlik saqlovchi plitalar, bazal't tolasidan 2,5 ming tonna kompozit armatura, PVX granulasidan 114 ming tonna quvur va fitinglar, 1,5 mln. metr kv parket pol, 4,8 mln. pogonometr dekorativ plintus, polipropilendan 500 tonna qurilish himoya setkasi, yo‘l belgilari uchun 5 ming tonna lok-buyoqlari, 628 ming metr kv aglomerat plitalar, kvars qumidan 80 ming metr kv steklokristalit plitalar ishlab chiqariladi. Umuman olganda, joriy yilda asosiy qurilish materiallari bo‘yicha ichki bozorni to‘liq ta'minlashga qaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.

2020 yil Investisiya dasturi doirasida "Ohangaronsement" AJda 2,4 mln. tonna sement ishlab chiqarish yangi liniyasi, "Kvars" AJ tomonidan 22,2 mln. metr kv float oyna ishlab chiqarish yangi liniyasi, “Samarqand Afrosiyob sement” MChJda 560 ming tonna yuqori markali sement ishlab chiqarish, “Surxan KSP Grand” MChJda 150 ming kub metr va “Mo‘ynoq LDSP” MChJda 50 ming kub metr qamishdan DSP ishlab chiqarish kabi yirik loyihalari ishga tushiriladi.

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech