Energiya tejamkor qurilish materiallari haqida ma’lumot berildi


PRЕSS-RЕLIZ

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan qurilishning asosi bo‘lgan sement mahsulotini ishlab chiqarish borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda mamlakatimizda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 31 ta korxona mavjud bo‘lib, 2021 yilda sement ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar 21,3 million tonnaga yetkazildi.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan yilda Respublika bo‘yicha jami 14,2 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. E’tiborlisi, eng ko‘p sement mamlakatimizdagi yirik sanoat korxonalardan biri “Qizilqumsement” AJ tomonidan tayyorlangan. Bu yerda o‘tgan yili jami 3 mln 666 ming tonna mahsulot xaridorlarga yetkazilgan. 2021 yilda yangi quvvatlar bilan faoliyatini boshlagan Toshkent viloyatida joylashgan “Ohangaronsement” AJ da esa 2,1 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. “Olmaliq Tog‘-kon Metallurgiya Kombinati” AJga qarashli Sherobod sement zavodidan 1,4 mln tonna, Jizzax sement zavodidan esa 850 ming tonna mahsulot qurilish maydonlariga yetkazilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,6 mln tonna bo‘lgan “Bekobodsement” AJ tomonidan yil davomida 968,2 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Sermaxsullik bo‘yicha Jizzax viloyatida o‘z faoliyatini boshlagan “Xuaksin sement Jizzax” MCHJ ham qolishmaydi. Korxonada hisobot davrida 1,6 mln tonna sement tayyorlangan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda mavjud korxonalar tomonidan 17,6 mln tonna sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini 31 mln. tonnaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. Yanvar-aprel oylarida sanoat korxonalari tomonidan 2,9 mln. tonna sement tayyorlangan. E’tiborlisi, mahalliy korxonalar tomonidan asosan 400 va 500 markadagi sement ishlab chiqarilgan. 1-chorakda birja savdolarida bir tonna portlend sement o‘rtacha 555 ming so‘mdan sotilgan.

Mamlakatimizda qurilish ko‘lami kengayib borayotgani tufayli yildan-yilga quyma va temir-betonlarga bo‘lgan ham talab oshib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda jami 706 ta temir-beton korxonalari mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 6,5 mln kub metrni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishda eng yirik korxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikada eng yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona bu "BINOKOR TEMIR-BETON SERVIS" MCHJdir. Bu yerda yiliga 411 ming 250 kub metr quyma, 107 ming 880 kub metr temir-beton mahsulotlari tayyorlanadi. Keyingi o‘rinda Toshkent viloyatidagi "MOBILE BETON SERVICE" MCHJ hisoblanadi. Korxona yiliga 365 ming kub metr quyma beton tayyorlash imkoniyatiga ega. Poytaxtimizdagi "DURABLE BETON" MCHJ ham ushbu yo‘nalishda eng ilg‘orlardan biri sanaladi. Mazkur korxona tomonidan har yili 250 ming kub metr quyma betonlar qurilish maydonlariga yetkazib beriladi. Shuningdek, hududda "SAFFIR QURILISH MONTAJ" MCHJ (yillik quvvati – 158,3 ming kub metr), "BETONOVAT" MCHJ (yillik quvvati – 12,6 ming kub metr), "RWS OPTIMUM" MCHJ XK (yillik quvvati – 101,2 ming kub metr), "CHILONZOR BETON SAVDO" MCHJ (yillik quvvati – 83,3 ming kub metr) kabi zamonaviy temir-beton korxonalari mavjud.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan "KKRASI BETON" XK ham ushbu yo‘nalishda eng ko‘zga ko‘ringan ishlab chiqarish maskanlaridan biri. Bu yerda yiliga 94,4 ming kub metr temir-beton tayyorlanadi.

E’tiboringiz uchun raxmat.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
Matbuot xizmati


Press-relizlar
Yuklab olish
Hajmi: 300.66 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech