OAV vakillari uchun press-tur o‘tkazildi


Press-reliz

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Namangan viloyati hokimligi hamkorligida «Pop sement» MCHJ da navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan viloyatida 2017–2021 yillarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha 4,3 trln.so‘mlik 395 ta yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilgan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati 2,1 trln.so‘m yetkazilgan. Natijada 8991 ta yangi ish o‘rinlar yaratildi.

1.jpg

Xususan, Pop tumanida “Pop sement” MCHJ tomonidan yiliga 300 ming tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga yaratildi. Loyihaning umumiy qiymati 28 mln.dollar bo‘lib, korxona foydalanishga topshirilgach 300 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Chust tumani Chustnon-Do‘stlarobod MFY umumiy qiymati 16.5 mln.dollarlik yillik quvvati 250 ming tonnalik sement mahsulotlari ishlab chiqararuvchi “Namangan sement” MCHJ korxonasi ishga tushirildi.

2.jpg

Davlatobod tumani Yuksalish kichik sanoat zonasida esa yiliga 1.7 ming kv metr keramik plita mahsulotlari ishlab chiqarishga itxtisoslashgan “FLAT TILE” MCHJ korxonasi foydalanishga topshirildi.

Viloyatda 2021–2023 yillarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha 9.0 trln.so‘mlik 160 ta yangi investitsiya loyihalari shakllantirildi.

3.jpg

Amaldagi va yangi shakllantirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 2022 yilda viloyatning sement (3,0 mln tonna ishlab chiqariladi), keramik plitkalar (435.6 ming. kvadrat metr), grafitdan elektrod (0.4 ming tonna) bo‘lgan talabi to‘liq qoplanadi.

Yangi shakllantirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 2022 yilda viloyatning keramik plitkalar (435.6 ming. kvadrat metr), grafitdan elektrod (0.4 ming tonna) bo‘lgan talabi to‘liq qoplanadi.

Namangan viloyatida sement zavodlar soni yana bittaga ko‘paydi. Pop tumanida “Pop sement” MCHJ tomonidan yiliga 300 ming tonna sifatli sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etildi. Loyihaning umumiy qiymati 28 mln dollarni tashkil etadi. E’tiborlisi, ushbu bunyodkorlik ishlariga 21 mln dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilingan.

5.jpg

Loyihani amalga oshirish uchun qurilish ishlari 2018 yilning mart oyida boshlangan.

Texnologik uskunalar Xitoy davlatidagi xamkori «Nanjing s-hope cement engineering group» tomonidan ta’minlangan. Ayni kunga qadar 21 mln AQSH dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Jamiyat o‘zining xom ashyo bazasi ya’ni konlariga ega. Yana bir e’tiborga molik jihati yangi quvvatni ishga tushirish bilan 300 ta poplik yoshlar ish bilan ta’minlanadi.

6.jpg

Ma’lumot uchun, ayni paytda mamlakatimizda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 31 ta korxona mavjud bo‘lib, 2021 yilda sement ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlar 21,3 million tonnaga yetkazildi.

Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, o‘tgan yilda Respublika bo‘yicha jami 14,2 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.

7.jpg

8.jpg


Press-relizlar
Yuklab olish
Hajmi: 147.94 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech