Aholi murojaatlari o‘z vaqtida o‘rganilmoqda


PRЕSS-RЕLIZ

Joriy yilning xisobot davrida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 211 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 132 ta hamda bevosita uyushmaga 79 ta murojaat yo‘llangan.

Uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 33 tasi qanoatlantirilgan, 24 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 21 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijro uchun yuborilgan. 1 ta topshiriq o‘rganish jarayonida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 13 tasi qanoatlantirilgan, 65 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 54 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Tahlillar natijasida aksariyat murojaatlar uyushma tizimidagi Quvasoysement AJ, Bekobodsement AJ, Qizilqumsement AJ, Oxangaronsement AJga yo‘llangan. Xususan, fuqarolar tomonidan 33 ta murojaat ishga kirish, ishga qayta tiklash, mutaxasisligi bo‘yicha ishlash xususida, 26 ta murojaat ijtimoiy to‘lovlar ish haqi, moddiy yordam, kompensatsiyalar bo‘yicha, 7 ta murojaat rahbariyat qabuliga kirish, shikoyatlar kabi masalalar bo‘yicha yo‘llangan.

Ushbu tahlillar asosida Uyushma hamda tizim tashkilotlari bilan birgalikda murojaatlarni tizimli o‘rganish, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha doimiy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shuningdek joriy yil 1 choragida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jami 27 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali 11 ta hamda bevosita uyushmaga 16 ta, shundan 3 ta yozma, 13 ta elektron shakldagi murojaatlar kelib tushgan.

Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlardan 4 ta qanoatlantirilgan, 2 tasiga tushuntirish berilgan hamda qolgan 10 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga ijroga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) orqali kelib tushgan murojaatlardan 6 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 2 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan 2 ta qanoatlantirilgan va 1 ta murojaat o‘rganish jarayonida.

Ma’lumot uchun, ayni paytda mamlakatimizda jami 10 mingga yaqin qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat ko‘rsatadi. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibida esa 158 ta korxona mavjud. Joriy yilning birinchi choragida uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan 2 trln 40 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sohada jami 140 mingdan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatadi.


Press-relizlar
Yuklab olish
Hajmi: 264.77 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech