2022-2026 yillarda qurilish materiallari sohasida umumiy qiymati 5,7 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi


Press-reliz

Hududlarni sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida 2022-2026 yillarda qurilish materiallari sohasida umumiy qiymati 5,7 mlrd dollar bo‘lgan, 1,5 mingdan ortiq loyiha amalga oshirilish rejalashtirilgan. E’tiborlisi, hisobot davrida qiymati jami 1,4 mlrd dollarlik 870 ta loyiha ishga tushiriladi, xususan o‘tgan davrda 370 mln dollar, shundan xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga 280 mln dollar o‘zlashtirildi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi sement, quvur va geosetkalar keramogranit, burama mixlar, marmar, travertin va granit plitalari, temir-beton, keramik plitkalar, gipsokarton listlari, gazobeton va penobeton bloklari kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-sonli “O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING 2022 — 2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN INVESTITSIYA DASTURINI TASDIQLASH HAMDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISHNING YANGI YONDASHUV VA MЕXANIZMLARINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA”gi qaroriga asosan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 495,7 mln dollarlik 21 ta loyiha bo‘yicha joriy yilning o‘zida 172,7 mln dollar o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida uyushmasi tomonidan 2022 yilda umumiy qiymati 369,4 mln dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish va 1035 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Yirik investitsiya loyihalari asosan Toshkent, Sirdaryo, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladi. Misol uchun, Navoiy viloyatida "Qizilqumsement" AJda 126 mln dollar investitsiya hisobiga yiliga klinker (4-liniya) ishlab chiqarish quvvati 1,8 mln tonnaga kengaytiriladi.

Toshkent shahrida esa "Oriyent Keramik" MCHJ tomonidan yiliga 9,0 mln.kv.m keramik plitkalar ishlab chiqarish yangi zavodi quriladi. Loyihaning umumiy qiymati 42 mln dollarni tashkil etadi.

Mamlakatimizning shimoliy hududi bo‘lmish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanida umumiy qiymati 50 mln dollar investitsiya hisobiga "Qoraqalpoqsement" MCHJ QKda sement ishlab chiqarishni 1,1 mln tonnaga kengaytirish ishlari amalga oshiriladi. Natijada 150 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Navoiy viloyati Karmani tumanida "Gazgan Marble Group" MCHJ tomonidan yiliga 300 ming kv.m marmar jinslaridan kompozit materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Toshkent viloyatida "AKFA BUILDING MATERIALS" MCHJ XK tomonidan yiliga 450 ming kub metr gazobeton bloklarini ishlab chiqarish tashkil etiladi.

Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 11,6 mln dollarlik eksport imkoniyatlari kengayadi, shuningdek, 86,3 mln dollarlik import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan 2022 yil istiqbolli investitsiya loyihalari ham shakllantirilgan. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlarida quvvati 300 ming m3 bo‘lgan gazobeton bloklarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi rejalashtirilgan. Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlarida gips va gipsokarton listlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi jami 11 ta yo‘nalishda loyihalar amalga oshirilishi belgilangan. Hozirda yuqoridagi ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlar va loyihani moliyalashtirish manbalari aniqlanmoqda.

Bundan tashqari, tezkor ma’lumotlarga hududiy dasturlarga asosan yanvar-may oylarida 948 mlrd so‘mlik 167 ta loyiha ishga tushirildi va 2.1 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida qurilish materiallari sohasi bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan Xorazm viloyatida umumiy qiymati 41,3 mlrd so‘m bo‘lgan 16 ta, Navoiy viloyatida 33,7 mlrd so‘mlik 12 ta, Toshkent viloyatida 102,2 mlrd so‘mlik 12 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 22,7 mlrd so‘mlik 19 ta, Jizzax viloyatida esa 44,4 mlrd so‘mlik 8 ta loyiha ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Xindiston, Germaniya, Fransiya, Belarussiya va Janubiy Koreya mamlakatlariga davlat tashrifi doirasida zamonaviy import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun horijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or horijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 mlrd 295 mln dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining Bayonlari bilan amalga oshirilgan loyihalar nazoratdan chiqarilib yagona “Yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.


Press-relizlar
Yuklab olish
Hajmi: 144.25 KB

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech